«Navoiyuran» London birjasiga yevrobondlarni joylashtirdi

eʼlon qilindi
93 ta investorning talabi $1,3 milliarddan oshdi
Foto: «Navoiyuran»

Joriy yilning iyun oyi oxirida «Navoiyuran» London fond birjasiga $300 mlnlik debyut yevrobondlarni joylashtirdi. Bayonot kompaniya veb-saytida e’lon qilingan.

«Korxonaning 300 mln dollarlik besh yillik yevrobondlari bo‘yicha boshlang‘ich foiz stavkasi 7,250-7,375 foiz oralig‘ida belgilandi va arizalar kitobi rasman ochildi,» – deyiladi bayonotda.

«Navoiyuran» qimmatli qog‘ozlarni London birjasiga joylashtirgan birinchi o‘zbek kompaniyasi bo‘ldi. Moliyaviy maslahatchi Finasia Capitals tomonidan, yuridik yordam esa Dentons tomonidan taqdim etilgan. Tashqi audit uchun Deloitte javob berdi.

93 ta investorning talabi $1,3 milliarddan oshdi, bu taklifdan 4,3 baravar ko‘p bo‘lib, foiz stavkasini pasaytirish va kuponni 6,7 foiz darajasida belgilash imkonini berdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat ilk atom elektr stansiyasi uchun yoqilg‘ini 2029-yilda qabul qilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek