
29-avgustdan 8-sentabrgacha O‘zbekiston va Tojikiston «CAFA Nations Cup – 2025» turniriga mezbonlik qiladi.
Bu galgi bahslar yana kengroq ko‘lamda o‘tadi: ishtirokchi jamoalar soni 2 taga ortib, musobaqaga mehmon sifatida Malayziya va O‘mon terma jamoalari qo‘shiladi. Guruh o‘yinlari ikki mamlakatda bo‘lib o‘tadi, uning final uchrashuvi esa O‘zbekistonda tashkil etiladi.
Jahon chempionati ishtirokchisi O‘zbekiston milliy terma jamoasi musobaqada yana maydonga tushadi. Muxlislarni qiziqarli va murosasiz bellashuvlar kutmoqda.
Musobaqa doirasidagi asosiy sanalar quyidagicha:
– Musobaqa 2025-yil 29-avgustdan 8-sentabrgacha davom etadi.
– Qur’a marosimi 3-iyul kuni soat 16:00 da o‘tkaziladi.
– Guruh bosqichidagi o‘yinlar Tojikiston va O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
– Final uchrashuvi esa O‘zbekistonda tashkil etiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Akmal Mozgovoyga Qatar va BAAdan takliflar borligi haqida xabar bergan edi.