O‘zbekistonda ziplayn va kanatli parklar qaysi hududlarda quriladi – ro‘yxat

eʼlon qilindi
100 million so‘mgacha subsidiya beriladi
Foto: Pinterest

2025–2026-yillarda O‘zbekistonning bir qator tog‘li va cho‘l hududlarida ziplayn va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmualari barpo etiladi. Ushbu majmualar quriladigan hududlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, loyiha doirasida quyidagi moliyaviy rag‘batlantiruvchi choralar nazarda tutilgan:

  • umumiy masofasi 200 metrdan kam bo‘lmagan ziplayn xizmatini tashkil qilish uchun 100 million so‘mgacha subsidiya;
  • maydoni 150 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan kanatli park (taypark) tashkil qilish uchun esa 80 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

Ushbu subsidiya faqat 2025–2026-yillarda to‘liq foydalanishga topshiriladigan obyektlar uchun ajratiladi. Tadbirkorlik subyektlarining arizalari asosida Turizm qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Ziplayn va kanatli parklar qurilishi rejalashtirilgan hududlar ro‘yxati:

Viloyat / RespublikaTuman va shaharlar
Qoraqalpog‘iston RespublikasiAmudaryo, Mo‘ynoq, Taxtako‘pir, Ellikqal’a
Andijon viloyatiXo‘jaobod tumani, Xonobod shahri
Buxoro viloyatiKogon, G‘ijduvon, Romitan tumanlari
Jizzax viloyatiArnasoy, Baxmal, Zomin, Forish tumanlari
Qashqadaryo viloyatiKitob, Shahrisabz tumanlari
Navoiy viloyatiKonimex, Nurota, Xatirchi tumanlari
Namangan viloyatiKosonsoy, Pop, Chortoq, Chust tumanlari
Samarqand viloyatiSamarqand, Urgut tumanlari
Surxondaryo viloyatiBoysun, Sariosiyo tumanlari
Sirdaryo viloyatiSayxunobod tumani
Toshkent viloyatiAngren shahri, Bo‘stonliq, Ohangaron, Parkent tumanlari
Farg‘ona viloyatiSo‘x, Farg‘ona tumanlari
Xorazm viloyatiBog‘ot, Tuproqqal’a, Xiva, Urganch, Yangibozor tumanlari

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mehmonxona qurish uchun 10 million so‘mgacha bir martalik subsidiya berilishi haqida yozgandi.

Unga ko‘ra:

  • I toifa mehmonxona joyi uchun – 10 mln so‘m,
  • II toifa mehmonxona joyi uchun – 7 mln so‘m,
  • III toifa mehmonxona joyi uchun – 5 mln so‘m subsidiya beriladi.

Shuningdek