
2025–2026-yillarda O‘zbekistonning bir qator tog‘li va cho‘l hududlarida ziplayn va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmualari barpo etiladi. Ushbu majmualar quriladigan hududlar ro‘yxati e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, loyiha doirasida quyidagi moliyaviy rag‘batlantiruvchi choralar nazarda tutilgan:
- umumiy masofasi 200 metrdan kam bo‘lmagan ziplayn xizmatini tashkil qilish uchun 100 million so‘mgacha subsidiya;
- maydoni 150 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan kanatli park (taypark) tashkil qilish uchun esa 80 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi.
Ushbu subsidiya faqat 2025–2026-yillarda to‘liq foydalanishga topshiriladigan obyektlar uchun ajratiladi. Tadbirkorlik subyektlarining arizalari asosida Turizm qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ziplayn va kanatli parklar qurilishi rejalashtirilgan hududlar ro‘yxati:
Viloyat / Respublika | Tuman va shaharlar |
---|---|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | Amudaryo, Mo‘ynoq, Taxtako‘pir, Ellikqal’a |
Andijon viloyati | Xo‘jaobod tumani, Xonobod shahri |
Buxoro viloyati | Kogon, G‘ijduvon, Romitan tumanlari |
Jizzax viloyati | Arnasoy, Baxmal, Zomin, Forish tumanlari |
Qashqadaryo viloyati | Kitob, Shahrisabz tumanlari |
Navoiy viloyati | Konimex, Nurota, Xatirchi tumanlari |
Namangan viloyati | Kosonsoy, Pop, Chortoq, Chust tumanlari |
Samarqand viloyati | Samarqand, Urgut tumanlari |
Surxondaryo viloyati | Boysun, Sariosiyo tumanlari |
Sirdaryo viloyati | Sayxunobod tumani |
Toshkent viloyati | Angren shahri, Bo‘stonliq, Ohangaron, Parkent tumanlari |
Farg‘ona viloyati | So‘x, Farg‘ona tumanlari |
Xorazm viloyati | Bog‘ot, Tuproqqal’a, Xiva, Urganch, Yangibozor tumanlari |
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mehmonxona qurish uchun 10 million so‘mgacha bir martalik subsidiya berilishi haqida yozgandi.
Unga ko‘ra:
- I toifa mehmonxona joyi uchun – 10 mln so‘m,
- II toifa mehmonxona joyi uchun – 7 mln so‘m,
- III toifa mehmonxona joyi uchun – 5 mln so‘m subsidiya beriladi.