Yangiliklar

Sergelidagi «Meros» to‘yxonasida yong‘in chiqdi

Fuqarolar xavfsiz tarzda evakuatsiya qilingan
Foto: Yandex

Kecha, 28-iyun kuni soat 21:29 da Sergeli tumani Mehrigiyo ko‘chasida joylashgan «Meros» to‘yxonasida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (FVB)ga xabar kelib tushgan.

Favqulodda vaziyatlar xizmatining yong‘in-qutqaruv texnikalari soat 21:37 da voqea joyiga yetib borgan. Zudlik bilan yong‘inni bartaraf etish ishlari boshlangan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/06/img_6737.mp4
Video: Ijtimoiy tarmoqlar

Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘yxona binosida bo‘lgan barcha fuqarolar xavfsiz tarzda evakuatsiya qilingan. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Shuningdek, yong‘in soat 22:10 da qurshab olingan va 22:42 da to‘liq o‘chirilgan. Ayni paytda hodisaning sabablari va yetkazilgan zarar miqdori bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Surxondaryodagi uch gektar maydonda yong‘in sodir bo‘lgani va 200 kishi bartaraf qilingani haqida yozgandi.

17-iyun kuni soat 17:45 da Surxondaryo viloyatining Boysun tumani Kengdala o‘rmon xo‘jaligi bo‘limiga qarashli archazorlarga tutash hududda quruq o‘tlar yongan.

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari tomonidan yong‘in keng hududlarga tarqalmasdan to‘xtatilgan. Uch gektar maydonni qamrab olgan yong‘in 18-iyun kuni soat 07:10 da to‘liq bartaraf etildi.

Yong‘inni o‘chirish ishlariga FVBdan, O‘rmon xo‘jaligi bo‘limidan, IIBdan va Mudofaa vazirligidan 200 ga yaqin xodimlar jalb qilingan.

Shuningdek, xalqaro maydonda Tinch okeanida 3 mingdan ziyod avtomobillar ortilgan kema cho‘kib ketdi.

Kema 23-iyun kuni Alyaska sohillaridan taxminan 770 km uzoqlikda, 5 ming metr chuqurlikka cho‘kdi.

Kemaning cho‘kishiga unda yuz bergan yong‘in sabab bo‘lgan. Bunga kemaning korpusi shikastlanishi va keyinchalik yomon ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.