Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan tabrikladi
eʼlon qilindi
29-iyun kuni

Shavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovning zamonaviy Turkmaniston taraqqiyotiga, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga va O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasini alohida e’tirof etdi.
Turkman yetakchisi o‘z navbatida O‘zbekiston prezidentiga Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning samimiy salomini yetkazdi.
Avvalroq «Kursiv» nashri Toqayev Mirziyoyevni O‘zbekistonning Jahon chempionatiga chiqqani bilan tabriklagani haqida yozgandi.