Telegram’da tarjima qilish funksiyasi nima uchun ishlamayapti
eʼlon qilindi
Premium obunachilar orasida norozilikka sabab bo‘ldi

Bugun, 29-iyun kuni Telegram messenjeri xabarlarni tarjima qilish funksiyasining yo‘qolishi bo‘yicha izoh berdi.
Messenjer texnik yordam xizmati bu holat yuzasidan ijtimoiy tarmoq X’dagi sahifasida quyidagicha bayonot berdi:
«Tarjima funksiyasi vaqtincha ishlamayapti, chunki biz texnik tuzatishlar kiritmoqdamiz. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz – yaqin orada funksiya yana ishga tushadi».
Ammo aynan qachon bu imkoniyat qayta tiklanishi haqida aniq sana berilmagan.
Ma’lumot uchun, Telegram’dagi tarjima funksiyasi 26-iyun kuni butun dunyo bo‘ylab ishlamay qoldi. Bu holat, ayniqsa, Premium obunachilar orasida norozilikka sabab bo‘ldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Telegram dasturchi uchun 1 million dollar maosh to‘lamoqchiligi haqida yozgandi.