
Uzbekistan Airways kompaniyasi Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishidagi reyslarni qayta yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
1-iyuldan ushbu yo‘nalishdagi aviaqatnovlar odatdagi tartibda amalga oshiriladi.
Aviakompaniya 6-iyundan 30-iyungacha ushbu yo‘nalishdagi reyslarni vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘lgani haqida yozgandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Centrum Air Samarqand – Vladivostok yo‘nalishidagi parvozlarni yo‘lga qo‘ygani haqida yozgandi.