
Suzuki kompaniyasi tomonidan yangilangan Alto avtomobilining rasmiy suratlari e’lon qildi. Ushbu model Yaponiyada 22-iyuldan 1,1429 mln iyen (taxminan $8 ming) narxda sotuvga chiqadi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.
Bu Alto‘ning to‘qqizinchi avlodi bo‘lib, tashqi ko‘rinishi, texnikasi va jihozlarida yangilanishlar bor.

Mashina an’anaviy radiator panjarasiga ega. Ayrim versiyalarida orqa spoýler mavjud. Alto 12 xil rangda taklif qilinadi: 8 tasi oddiy, 4 tasi ikki rangli. Endilikda metall tusdagi terrakota rang ham mavjud, ikki rangli modellarda esa tom qismi qora rangda bo‘lishi mumkin.

Mashinaning o‘lchamlari 3395 x 1475 x 1525 mm, g‘ildirak bazasi 2460 mm. Salon avvalgi modelga o‘xshash qolgan. Uzatmalar qutisi tutqichi markaziy konsolga o‘rnatilgan, yonida 7 dyuymli ekran joylashgan. Ba’zi versiyalar sensorli ekran yoki ko‘p funksiyali rulga ega emas.
Yangilangan Alto to‘qnashuvlarning oldini olish tizimi bilan standart tarzda jihozlangan. Bu tizim mashinalar, piyodalar, velosipedlar va mototsikllarni aniqlaydi. Shuningdek, old parkovka sensorlari va yo‘l chizig‘idan chiqish ogohlantiruvchi tizim ham mavjud.

Avtomobilga 0,66 litrli uch silindrli benzinli yoki 0,66 litrli gibrid dvigatel o‘rnatiladi.
Benzinli dvigatel 46 ot kuchi, gibrid tizim esa 49 ot kuchi ishlab chiqaradi. Gibridda 3 ot kuchiga ega elektromotor ham bor. Har ikkala motor uchun variatorli uzatma tizimi va ixtiyoriy to‘liq tortuv taklif etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Top-10 yapon avtomobillari haqida yozgan edi.