AQSh dollari kursi iyun oyida qanday o‘zgardi

eʼlon qilindi
Oy davomida dollar kursi 139,64 so‘mga pasaydi
dollar
AQSh dollari kursi iyun oyida qanday o‘zgardi / Foto: Unsplash

Iyun oyi davomida dollar kursi O‘zbekistonda sezilarli o‘zgarishlarga uchradi. Oy boshida dollar kursi yuqori ko‘rsatkichlar bilan boshlangan bo‘lsa, o‘rtalariga kelib pasayish kuzatildi. Oy oxirida esa dollar yana o‘sish trendiga qaytdi.

2-iyun kuni 1 AQSh dollari 12 834,61 so‘mga teng edi. Keyingi ikki kun ichida kurs 12 857,35 so‘mgacha ko‘tarilib, 4-iyunda esa 12 831,81 so‘mni tashkil etdi. 5-iyun kuni esa dollar 12 777,52 so‘mga pasaydi.

9-iyunda dollar kursi 12 712,05 so‘mga tushgan bo‘lsa, 10-iyun kuni 12 674,37 so‘mga pasaydi. Eng past ko‘rsatkich 11-iyunda qayd etildi – 12 646,56 so‘m. 12-iyun kuni esa dollar 12 705,79 so‘mgacha ko‘tarildi, 13-iyunda esa 12 760,21 so‘mga yetdi.

Oyning ikkinchi yarmida dollar kursi yana pasayishni boshladi. 16-iyunda 12 715,13 so‘m bo‘lgan kurs, 17-iyunda 12 668,14 so‘mga, 18-iyunda 12 618,63 so‘mga tushdi. 19-iyun kuni 12 559,26 so‘m, 20-iyun kuni esa 12 496,94 so‘mga pasaydi.

Bu jarayonni iqtisodchilar turlicha talqin qildi. Jumladan, Yuliy Yusupovga ko‘ra, O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari AQSh emas, balki Xitoy, Rossiya va Yevropadir. Shu nuqtai nazardan, so‘mning devalvatsiyasi inflyatsiya darajasida bo‘lib, bu uning real qiymatda mustahkamlanmagani yoki qadrsizlanmaganini anglatadi.

23-iyun kuni kurs 12 410,99 so‘m bilan oy davomida eng past darajani ko‘rsatdi. 24-iyun kuni dollar 12 456,25 so‘mga, 25-iyunda esa 12 531,78 so‘mga ko‘tarildi. 26-iyunda kurs 12 586,41 so‘mni tashkil etdi. 27-iyun kuni esa 12 654,13 so‘mgacha o‘sdi.

Iyun oyining yakuniy ish kuni – 30-iyunda dollar yana oshib, 12 694,97 so‘mga yetdi.

Umuman olganda, oy davomida dollar kursi 12 410 dan 12 857 so‘mgacha tebrandi. Xulosa sifatida shuni aytish joizki, oy davomida dollar kursi 139,64 so‘mga pasaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri dollar hafta davomida qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.

Shuningdek