Honor 400 seriyasining global faollashtirilishi 1 million donadan oshdi

30-iyun 2025 11:47 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Honor 400
Honor 400 seriyasining global faollashtirilishi 1 million donadan oshdi / Foto: Honor

Honor 400 seriyasi global miqyosda 1 milliondan ortiq dona faollashtirilgan bo‘lib, bu Honor’ning so‘nggi uch yildagi eng tez rivojlangan seriyasiga aylanishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Honor 400 seriyasi Xitoyda ilk marotaba 2025-yil 6-iyun kuni sotuvga chiqdi. Honor kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi kuniyoq 400-seriya sotuvi 300-seriyaga nisbatan 195 foizga, 200-seriyaga nisbatan esa 138 foizga oshgan. Bu natija kompaniya tarixidagi eng yirik ilk kun sotuv ko‘rsatkichini yangiladi.

Xorijiy bozorlar ham katta faollik bilan javob berdi: avvalgi avlodga qaraganda Honor 400 seriyasi 2-3 baravar ko‘proq sotilgan. Natijada global miqyosda faollashtirilgan qurilmalar soni 1 milliondan oshdi.

Honor 400 seriyasi metall o‘rta ramkaga ega va chang hamda suvdan himoyalanish bo‘yicha IP68 va IP69 standartlariga javob beradi. Seriyaning barcha modellari 200 megapiksellik sun’iy intellektga asoslangan ultra-tiniq asosiy kameraga ega. Ayniqsa, Honor 400 Pro modeli 6X ultra-tiniq portretli telefoto obyektivi va 50X zum imkoniyati bilan ajralib turadi. Qurilmalar «Da Wang» algoritmi asosidagi flagman darajadagi tasvirlash texnologiyasi bilan ta’minlangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Honor Magic V5 modelining taqdimot sanasini e’lon qilgani haqida xabar bergan edim.

Shuningdek