Kim Chen In Shimoliy Koreyada hashamatli dengizbo‘yi kurortini ochdi

eʼlon qilindi
Kurort 20 ming mehmonni qabul qila oladi
Kim Chen In Shimoliy Koreyada hashamatli dengizbo‘yi kurortini ochdi / Foto: KCNA

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Kalma sohilida yangi kurort shaharchasini tantanali ravishda ochdi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

«The Louis» deb nomlangan bu majmua 20 ming mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, suv bog‘lari, mehmonxonalar va plyajlarni o‘z ichiga oladi.

Video: KCTV

Davlatga tegishli OAV bu kurortni «milliy boylik darajasidagi turizm shahri» deb atadi. Loyiha asosan ichki elita va Rossiyadan kelayotgan sayyohlarga mo‘ljallangan. Kimning ushbu loyihaga shaxsan e’tibor bergani va oilasi bilan ochilish marosimida qatnashgani, uni siyosiy ramz sifatida ko‘rsatmoqda.

Kurort ochilishiga qaramay, xalqaro mutaxassislar Shimoliy Koreyadagi iqtisodiy tanglik, sanksiyalar va qat’iy nazorat sharoitida bunday obyektlarning haqiqiy samaradorligiga shubha bilan qaramoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreyada yangi harbiy kema suvga tushirilayotganda halokat yuz bergan edi.

Shuningdek