
Xitoyda Leapmotor B01 elektromobili uchun oldindan buyurtmalari boshlandi. Narxi 105 800 dan 135 800 yuanga teng ($14 760 – $18 950). Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda. Rasmiy taqdimot va yetkazib berish iyul oyida boshlanadi.
Bu model Leapmotor B seriyasidagi birinchi to‘liq elektr sedan bo‘lib, LEAP 3.5 platformasida yaratilgan. U 550 va 650 km yurish masofasini ta’minlaydi. Mashina 4770 mm uzunlikka, 1880 mm kenglikka va 1490 mm balandlikka ega. G‘ildiraklar bazasi 2735 mmni tashkil etadi.

Ikki komplektatsiyada tomda lidar mavjud bo‘lib, jami 27 ta sensor orqali 26 ta ilg‘or haydovchiga yordam tizimini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu tizimlarga avtomatik to‘xtash, shahar va trassada avtopilot kiradi.
Mashina Qualcomm Snapdragon 8295P chipi yordamida ishlaydigan Leapmotor OS 4.0 Plus tizimi bilan jihozlangan. Salonda 8,8 dyuymli raqamli panel va 14,6 dyuymli 2.5K markaziy ekran mavjud. AI ovozli yordamchi tizim ham bor.

Bagaj hajmi 460 litr, unga qo‘shimcha 70 litr yashirin joy va 26 ta saqlash bo‘limi mavjud.

Mashina orqa g‘ildirakdan tortuvchi bo‘lib, motor quvvati 132 yoki 160 kVt (177 yoki 215 ot kuchi). Akkumulyator sig‘imi 56,2 yoki 67,1 kVt-soat bo‘lib, 550 va 650 km yuradi. Tez zaryadlashda 30 foizdan 80 foizgacha borish 18 daqiqa vaqt oladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Leapmotor kompaniyasining yangi Leapmotor B01 elektromobili 29-iyun kuni Xitoyda oldindan buyurtmaga taqdim etilishi haqida yozgan edi.