Lift ichida qolib ketgan bolalar qutqarildi
eʼlon qilindi
Hech kim jarohat olmagan

Nukusda lift ichida qolib ketgan bolalar Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xodimlari tomonidan qutqarildi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
29-iyun kuni Shoirlar ovuli mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning birida bir nechta bola liftda tiqilib qolgan. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVBga 112 raqami orqali xabar berilgan.
Xabar olinganidan so‘ng qutqaruvchilar zudlik bilan hodisa joyiga yetib borishdi. Maxsus asbob-uskunalar yordamida lift eshiklari ochilib, bolalar tashqariga chiqarildi. Qutqaruv ishlari muvaffaqiyatli yakunlangan, hech kim jarohat olmagani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «Xavfsiz lift» platformasi orqali respublikadagi barcha ko‘p liftlar kuzatib borilishi haqida yozgan edi.