Ozarbayjon o‘z hududida Rossiya tadbirlarini o‘tkazishga cheklov qo‘ydi

eʼlon qilindi
Bunday qaror Rossiyaning Yekaterinburg shahrida yuz bergan voqealar bilan bog‘liq holda qabul qilingan
Ozarbayjon o‘z hududida Rossiya tadbirlarini o‘tkazishga cheklov qo‘ydi. Foto: kursiv.media

Ozarbayjon o‘z hududida Rossiya tadbirlarini o‘tkazishga cheklov qo‘ydi. Bu haqda Ozarbayjon Madaniyat vazirligi rasmiy bayonotini X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.

Vazirlik Rossiyaning davlat va xususiy tuzilmalari tomonidan uyushtirilgan barcha madaniy tadbirlarni to‘xtatishini ma’lum qildi. Taqiq konsertlar, teatr spektakllari, festivallar, ko‘rgazmalar va boshqa madaniy loyihalarga ham taalluqli. Vazirlikning bildirishicha, bunday qaror Rossiyaning Yekaterinburg shahrida yuz bergan voqealar bilan bog‘liq holda qabul qilingan.

27-iyun kuni Rossiya huquq-tartibot organlari Yekaterinburgda reyd o‘tkazgan. Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, shu reyd davomida ikki nafar ozarbayjonlik halok bo‘lgan, bir necha kishi og‘ir tan jarohati olgan, to‘qqiz kishi hibsga olingan.

Sverdlovsk viloyati bo‘yicha Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati 28-iyun kuni bir nechta shaxsning etnik jinoyat guruhiga a’zo bo‘lgani sababli qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Tergov ma’lumotiga ko‘ra, ular Yekaterinburgda oldingi yillarda sodir etilgan bir qator qotillik va qotillikka urinish holatlarida gumon qilinmoqda.

Mazkur voqea sabab Boku va Moskva o‘rtasida diplomatik taranglik kuchaydi. Ozarbayjon hukumati Rossiya madaniy tadbirlarini to‘xtatish orqali o‘z noroziligini bildirmoqda.

Avvalroq «Kursiv» nashri Uzbekistan Airways va Azerbaijan Airlines (AZAL) o‘rtasida aviaqatnovlarni birgalikda amalga oshirish (code-share) bo‘yicha bitim imzolangani haqida yozgandi.

Mazkur kelishuvga ko‘ra, har ikki aviakompaniya bir-birining reyslariga o‘zining aviakompaniya kodi ostida chipta sotish huquqiga ega bo‘ladi.

Shuningdek