
Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili O‘zbekiston yoshlari xalqaro Top – 500 oliygohlarga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha mintaqada 1-o‘rinni egallaganini alohida ta’kidladi. Bu haqda u yoshlar bilan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Ilk bor bilimli yoshlar dunyodagi eng nufuzli — Top – 5 talik oliygohlarga qabul qilinib, tarixiy yutuqqa erishdi.
Bugungi kunda 30 nafar o‘zbekistonlik yosh dunyoning Top – 10 oliygohlarida, 500 nafari Top – 100 talikda, yana 1 ming 500 nafari esa Top – 300 talik oliy ta’lim muassasalarida tahsil olyapti.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan shu kungacha 325 ming nafar yosh IT yo‘nalishida ta’lim olgani haqida xabar bergan edi.