
Hozirda O‘zbekistonda 15 mingga yaqin o‘quv markazi va 7,5 mingta kasbga tayyorlash markazlari faoliyat yuritmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. Ularga yuzdan ortiq imtiyozlar berilgan.
«Bu ishlar «kampaniyabozlik» bo‘lmasligi, o‘zgarishlarni har bir mahalladagi har bir yosh har kuni chuqur his qilishi zarur», degan Shavkat Mirziyoyev.
«Garvardchilar» maktabi endilikda Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida faoliyat boshladi. Bu yil mazkur maktabga 8-sinf bitiruvchilari orasidan 60 nafar iqtidorli o‘quvchi saralab olinadi va ular uch yo‘nalishda tahsil oladi. Kelgusida o‘rinlar soni ko‘paytiriladi.
Har yili milliy dastur asosida eng salohiyatli 3 ming nafar o‘quvchi tanlab olinadi va ular Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi dunyoning eng nufuzli universitetlariga tayyorlanadi. Ulardan kamida 300 nafari ehtiyojmand oilalarning farzandlari bo‘ladi.
Avvalroq shu kungacha 325 ming nafar yosh IT yo‘nalishida ta’lim olgani haqida yozgan edik.