O‘zbekistonda Raqamli g‘azna tizimi ishga tushadi

eʼlon qilindi
2026-yil 1-iyuldan boshlab
O‘zbekistonda Raqamli g‘azna tizimi ishga tushadi / Foto: Canva

Prezidentning 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli farmoniga binoan, Pensiya jamg‘armasi va G‘aznachilik xizmati tizimlarida zamonaviy xizmatlar bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Farmonga ko‘ra, bu tizimlar to‘liq raqamlashtiriladi va avtomatlashtiriladi. Xizmatlar endi elektron va proaktiv shaklda ko‘rsatiladi. 2026-yil 1-iyuldan boshlab Raqamli g‘azna tizimi ishga tushadi.

2026-yil 1-dekabrdan esa «Mening pensiyam» onlayn xizmati orqali fuqarolar ish staji va maoshlariga qarab pensiya miqdorini oldindan bilishlari mumkin bo‘ladi. Barcha pensiya xizmatlari ham to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bank va Omonatlarni kafolatlash agentligi bilan birgalikda sanatsiya qilish jamg‘armasini tashkil etishi haqida yozgan edik.

Shuningdek