Respublika tanlovi g‘oliblariga madaniyat va san’at oliygohlariga kirishda imtiyoz beriladi

eʼlon qilindi
«Iqtidor» maktab ansambli tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari bolalar va musiqa san’ati maktablarida bepul o‘qitiladi
Respublika tanlovi g‘oliblariga madaniyat va san’at oliygohlariga kirishda imtiyoz beriladi / Foto: Madaniyat vazirligi

Respublika tanlovi g‘oliblariga madaniyat va san’at oliygohlariga kirishda imtiyoz beriladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, «Iqtidor» maktab ansambli tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari bolalar va musiqa san’ati maktablarida bepul o‘qitiladi.

Yoshlarni aktyorlik, musiqa, kitobxonlikka qiziqishini oshirish uchun «Turon» teatri, «Iqtidor ansambli», «Jadidlar izidan» kabi tanlovlar o‘tkazilib, ularda 400 mingga yaqin o‘quvchilar ishtirok etdi.

Endilikda tanlovlarda g‘olib bo‘lgan jamoalar chekka hududlardagi maktablarga muntazam borib, o‘z chiqishlari bilan tengdoshlarini madaniyat va san’atga qiziqtiradi. Buning uchun viloyat hokimlari ularga bittadan avtobus olib beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan joriy yilda «AI study» platformasi orqali 100 ming yosh sun’iy intellektni o‘rganishi haqida yozgandi.

Unga ko‘ra, shu yilning o‘zida «AI study» platformasi orqali kamida 100 ming yosh sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganadi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha bank-moliya, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va energetika ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanib, 100 ta loyiha amalga oshiriladi.

Shuningdek