Gadjetlar

Samsung Galaxy A55 smartfoni muhim o‘zgarish bilan taqdim etiladi

U One UI 8.0 versiyasining test yig‘ilmasida paydo bo‘ldi
Samsung
Samsung Galaxy A55 smartfoni muhim o‘zgarish bilan taqdim etiladi / Foto: Sammobile

Samsung Galaxy A55 smartfoni Android 16 tizimida ishlaydigan One UI 8.0 versiyasining test yig‘ilmasida paydo bo‘ldi. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda. Bu Samsung yangi operatsion tizim ustida allaqachon ish boshlaganini ko‘rsatadi.

Hozircha ushbu yangilanish faqat Galaxy S25 qurilmalari uchun beta ko‘rinishda mavjud. U hamma davlatlarda uchramasligi mumkin.

Foto: Samsung

Galaxy A55 uchun ochiq beta sinovlari yaqin oylarda boshlanishi kutilmoqda. Yakuniy, ya’ni to‘liq versiyasi esa yil oxirigacha chiqarilishi mumkin. Yangi tizimga o‘tish smartfonning ishlash tezligiga ta’sir qilmagan – u avvalgi One UI 7 va Android 15 bilan bir xil darajada qolgan.

Foto: Geekbench veb-saytining skrinshoti

Samsung – Janubiy Koreyada joylashgan dunyodagi yirik texnologik kompaniyalardan biri. U 1938-yilda tashkil topgan bo‘lib, hozirda smartfon, televizor, maishiy texnika va yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. Samsung brendi, ayniqsa, Galaxy smartfonlari orqali mashhur. Kompaniya innovatsion texnologiyalar, sifat va global bozor yetakchiligi bilan tanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung kompaniyasi Hindistonda yangi Samsung Galaxy M36 smartfonini taqdim etgani haqida yozgan edi.