Fond bozori: ayrim aksiyalar o‘sdi, boshqalari qulab tushdi

eʼlon qilindi
«O‘zbekinvest» aksiyalari 9,02 foizga pasaydi
Fond birjasi
Foto: Depositphotos

«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)da joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 23-iyundan 27-iyungacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 0,24 foizga yuqoriladi.

«O‘zbektelekom» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 5,08 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Ipoteka-bank» (+3,60%), UzAuto Motors (3,44%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.

Biroq «O‘zbekinvest» aksiyalari 9,02 foiziga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. «O‘zRTXB» ( – 4,61 foiz), «Ipak yo‘li» (5,09 foiz) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi.

Boshqa bir qator kompaniyalar, jumladan, SQB va «Aloqabank» aksiyalarining narxida esa o‘zgarish kuzatilmadi.

Ushbu davrda bitimlar soni bo‘yicha «Chilonzor buyum savdo kompleksi» (446 ta) va «Qizilqumsement» (405 ta bitim) peshqadam bo‘ldi.

Aksiyalar bozorida ushbu haftada hajm bo‘yicha esa «Hamkorbank» (199,03 mln) yetakchilik qildi. «»O‘zRTXB» (113,95 mln so‘m) va «Elektrqishloqqurilish» aksiyalari (87,45 mln so‘m) yuqori uchlikdan joy oldi.

Yuqori likvidli aksiyalardan yettitasi haftani ijobiy, to‘rttasi o‘zgarishsiz, qolgan o‘n uchtasi salbiy natija bilan yakunladi. Birjaviy savdolarning asosiy maydonchadagi umumiy hajmi 53,88 mlrd so‘m bo‘ldi.

Avvalroq «O‘zRTXB» aksiyalari keskin yuqorilagani haqida yozgan edik.

Shuningdek