UzAuto Motors davlat xaridi bo‘yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi
eʼlon qilindi
Holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda UzAuto Motors AJning yong‘in va xavfsizlik tizimlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha davlat xaridi bir xil manzilli qatnashchilar ishtirokida o‘tgani haqida xabarlar tarqaldi. Aksiyadorlik jamiyati mazkur xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Kompaniya bu holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalaridan tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik so‘raldi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha rasmiy axborot berilishi aytildi, deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, birinchi chorakda UzAuto Motors’ning foydasi ikki baravardan ko‘proqqa kamaygani haqida xabar bergan edik.