
O‘zbekiston 2025-yilning yanvar – may oylarida jami 29,8 ming tonna moshni $25,8 millionga eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Asosiy xaridor Xitoy bo‘lib, unga 25,4 ming tonna yetkazib berilgan.
Qozog‘iston ulushiga 1,4 ming tonna, Afg‘onistonga esa 690 tonna to‘g‘ri keldi. Niderlandiya va Rossiyaga mos ravishda 670 va 373 tonna yetkazib berilgan.
Joriy yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston jami $619,6 millionlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilgan. Yillik o‘sish 47,9% ni tashkil etdi. Shundan mevalar $153,3 million, sabzavotlar $131,9 million, loviya $158,5 million. Boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti $144,5 millionni tashkil etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga $209 millionlik grant ajratishi haqida yozgandi.