
Xitoyda Volvo XC60 benzinli versiyasining narxi keskin arzonlashdi. Bu haqda Autohome nashri xabar bermoqda.
1-iyun kuni taqdim etilgan model dastlab $55,2 mingdan $66 minggacha bo‘lgan besh xil komplektatsiyada sotuvga chiqarilgan edi. Oradan bir necha hafta o‘tib, mashina hozir 35,56 mingdan $45,33 minggacha taklif qilinmoqda.
Narx tushishiga sabab sifatida Volvo XC60 T8 nomli gibrid versiyasining Xitoy bozoriga chiqishi ko‘rsatilmoqda.
Shu munosabat bilan faqat benzinli versiyalar uchun katta chegirmalar e’lon qilindi.
Aslida, benzinli XC60 ham «yumshoq» gibrid hisoblanadi. Unda 2,0 litrli turbomotor 48 voltli starter-generator bilan birga ishlaydi. Dvigatel quvvati 250 ot kuchiga teng bo‘lib, u 8 pog‘onali avtomatik uzatma qutisi bilan birlashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Volvo XC40 krossoverining savdosi boshlanganini e’lon qilgani haqida yozgan edi.