Air Samarkand Isroilga reyslarni qayta tiklamoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
2025-yil 6-iyuldan boshlab
«Air Samarkand» Isroilga reyslarni qayta tikladi. Foto: air-samarkand-uz.ru

Air Samarkand Isroilga reyslarni qayta tiklamoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar berdi.

2025-yil 6-iyuldan boshlab aviakompaniya Samarqand – Tel-Aviv – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi. Reyslar haftasiga ikki marta – payshanba va yakshanba kunlari bajariladi.

Chiptalarni rasmiy veb-sayt orqali – airsamarkand.com yoki Isroildagi rasmiy vakil Asia Travel – asiatravel.co.il orqali xarid qilish mumkin.

Bundan avval UzAirways Isroilga parvozlarni tiklayotgani haqida yozgandik. Aviakompaniya Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishidagi reyslarni bugun, 1-iyuldan yo‘lga qo‘ydi.

Shuningdek