
Apple yaqin orada MacBook Air’dan ham arzonroq noutbukni taqdim etishi mumkin. Yangi model narxi $1 mingdan past, taxminan $800–900 atrofida bo‘lad, dey yozmoqda 9to5Mac nashri.
Unga ko‘ra, noutbuk 13 dyuymli ekran bilan taqdim etiladi va unda iPhone 16 Pro’dagi Apple A18 Pro protsessori ishlatiladi. Bu chip unumdorlik bo‘yicha hatto M1’dan ustun hisoblanadi.
Yangi MacBook 2024-yil oxiri yoki 2025-yil boshida taqdim etilishi kutilmoqda. Bu Apple tarixidagi eng arzon MacBook bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yilning eng ommabop kompyuterlar qaysi brendga tegishli ekanligi haqida yozgan edik.