Yangiliklar

Google hali mavjud bo‘lmagan yadroviy sintezga sarmoya kiritmoqda

Stansiyani 2030-yillarda Virjiniyada ishga tushiriladi
Google hali mavjud bo‘lmagan yadroviy sintezga sarmoya kiritmoqda / Foto: Sofi Park / CNN

Google hali qurilmagan, ammo kelajakda Quyosh energiyasiga o‘xshash quvvat ishlab chiqaruvchi yadroviy sintez stansiyasiga sarmoya kiritdi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kompaniya Massachusetsda joylashgan Commonwealth Fusion Systems bilan hamkorlikda 200 megavatt elektr energiyasi xarid qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu miqdor 200 mingta amerikalik uyga yetarli.

Foto: Sofi Park / CNN

Commonwealth ushbu sintez stansiyasini 2030-yillarda Virjiniyada ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Google tokamak qurilmasini yaratish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratdi. Bu mashina ikki atomni birlashtirib, issiqlik hosil qiladi va chiqindi chiqarmaydi.

Loyiha hozircha tajriba bosqichida, ammo Google bu orqali toza va cheksiz energiya manbalariga sarmoya kiritmoqda. Mutaxassislar ushbu texnologiya kelajakda energiya inqiroziga yechim bo‘lishi mumkin, deya baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OpenAI Google bulutli xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.