«Kapital bozori: investitsiya uchun yangi imkoniyatlar» sohaviy konferensiya start oldi

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan platformasi tomonidan
Foto: Kursiv Uzbekistan

1-iyul kuni Toshkent shahrida Kursiv Uzbekistan platformasi tomonidan «O‘zbekistonda kapital bozori: investitsiya uchun yangi imkoniyatlar» mavzusida sohaviy konferensiyasi boshlandi. Konferensiyada yetakchi ekspertlar, investorlar, top-menejerlar, biznes egalari hamda davlat idoralari vakillari ishtirok etmoqda.

Dastlab Kursiv Media direktori Anastasiya Novikova so‘zga chiqib, bugungi tadbirni ochib berdi.

«Avvalo, «umuman pul bormi?» degan savoldan boshlaylik. «Kursiv» yaqinda Markaziy bank o‘tkazgan so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘tgan yilda o‘zbekistonliklarning 60 foizidan ortig‘i jamg‘arma to‘play olgan.

Demak, pul bor. Endi esa savol: uni qanday qilib to‘g‘ri yo‘naltirish, qanday qilib uni ishlatish kerak?

O‘zbekistonni yaxshi bilgan odamlar yillar davomida sarmoya kiritishning an’anaviy uchta yo‘lini eslashadi. Pul oz bo‘lsa – dollar olasan. Sal ko‘proq bo‘lsa Cobalt olasan, chunki ikki yildan keyin uni xuddi shu pulga sotib yuborish mumkin. Yana-da ko‘proq jamg‘armang bo‘lsa Toshkentda uy olasan.

Ammo hozirgi bozor – butunlay o‘zgargan. Haqiqiy burilish bo‘ldi. Bu mavzuda ilk konferensiyani bundan ikki yil avval o‘tkazgan edik. Shundan beri ham vaziyat keskin o‘zgardi. Yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi. An’anaviy vositalarning ba’zilari o‘z pozitsiyalarini boy berdi, ayrim noodatiy, biz uchun yangi bo‘lgan yo‘nalishlar esa ilg‘or o‘ringa chiqdi.

Bugun aynan shu haqda gaplashamiz. Sizni shu maqsadda bu yerga taklif etdik. Bugun ochiqchasiga, hech qanday tortinmasdan, sarmoya vositalari haqida gaplashamiz: qayerga pul tikish kerak, qayer foydali, qayer zararli, qanday afzalliklar va qanday xatarlari bor», dedi Novikova.

Foto: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan

Ushbu konferensiya to‘rtta sessiyadan iborat bo‘lib har bitta sessiya quyidagi mavzular bo‘yicha o‘tkazilmoqda;

  • Birinchi sessiya: O‘zbekistonda investorning e’tibori qayerga qaratilmoqda?
  • Ikkinchi sessiya: O‘zbekiston obligatsiyalari bozori: yangi investitsiya vositalari
  • Uchinchi sessiya: pul qayerda ishlaydi?
  • To‘rtinchi sessiya: qanday qilib fond bozoriga chiqish va investorlarni jalb qilish mumkin?

Birinchi sessiyada ILMA raisining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak, «Toshkent» fond birjasi raisi Georgiy Paresishvili, Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori Mansurjon Rasulev va Jett asoschisi Tolibjon Mirzaqulov spiker sifatida qatnashib, bugungi kunda O‘zbekistonda investorning e’tibori qayerga qaratilayotgani yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, konferensiya davomida TBC banki direktori Spartak Tetrashvili, Oybek Mamajanov CFO Uzum o‘rinbosari, AVO bank Boshqaruvi a’zosi, g‘aznachilik bo‘limi boshlig‘i Konstantin Kirko ham so‘zga chiqadi.

Shuningdek