Kia Sonet reklamasida qonunbuzarlik holati aniqlandi

eʼlon qilindi
Roodell kompaniyasi moliyaviy jarimaga tortildi
Hindistondagi Kia zavodidan
Foto: Midjourney

Raqobat qo‘mitasi tomonidan Roodell MCHJ faoliyatida reklama qonunchiligi talablariga rioya etilmagan holatlar aniqlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida Kia Sonet avtomashinasi bo‘yicha «muddatli to‘lov uchun 0%» degan mazmundagi reklama e’lonlari tarqatilgan. Biroq ushbu reklamalarda shartnomaning muhim shartlari jumladan, qo‘shimcha to‘lovlar haqida aniq ma’lumot keltirilmagan.

Mazkur holat natijasida iste’molchilarda chalg‘ituvchi tasavvur shakllanib, haqiqatga mos kelmaydigan axborot asosida qaror qabul qilish ehtimoli yuzaga kelgan.

Ushbu qonunbuzarlik bo‘yicha Raqobat qo‘mitasining Maxsus komissiyasi tomonidan Roodell kompaniyasiga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, unga moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan qimor reklamalari uchun to‘rt blogerga nisbatan chora ko‘rilgani haqida yozgandi.

Shuningdek