«Manchester Siti» – «Al Hilol» 3:4: saudlar g‘alaba qozondi

1-iyul 2025 08:44 eʼlon qilindi

(2-iyul 2025 15:05 yangilandi)
Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
"Manchester Siti" — "Al Hilol"
«Manchester Siti» – «Al Hilol» 3:4: saudlar g‘alaba qozonishdi / Foto: FIFA

JCH nimchorak final doirasidagi «Manchester Siti» – «Al Hilol» bahsi bo‘lib o‘tdi. Abduqodir Husanov o‘yinni zaxiradan boshladi.

Ushbu bahs «Manchester Siti» ustunligida boshlandi. Birinchi taymning 9-daqiqasida Bernardu Silva raqib darvozasini ishg‘ol etib hisobi ochdi.

Foto: FIFA

Navbatdagi hujumlarning birida raqib darvozaboni Yassin Bunu super seyv ko‘rsatib jamoasini goldan saqlab qoldi.

https://twitter.com/DAZNFootball/status/1939862024256618855?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1939862024256618855%7Ctwgr%5Ea4b248809d52d4d39b256ade06d59190da644637%7Ctwcon%5Es1_c10&ref_url=https%3A%2F%2Fuz.kursiv.media%2Fwp-admin%2Fpost.php%3Fpost%3D1771230action%3Dedit

Ikkinchi taym esa «Al Hilol» hujumlari bilan boshlandi. 46-daqiqada Markus Leonardo hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Foto: FIFA

52-daqiqada esa Malkom nominal mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Maydonning chap qanotidan qarshi hujumda raqib futbolchilaridan qochib ketib, Edersonni ojiz qoldirdi va to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

https://twitter.com/DAZNFootball/status/1939871126106079559?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1939871126106079559%7Ctwgr%5Ef3bc63d48c3a0a58f6f5b3812877a290083632dd%7Ctwcon%5Es1_c10&ref_url=https%3A%2F%2Fuz.kursiv.media%2Fwp-admin%2Fpost.php%3Fpost%3D1771230action%3Dedit

O‘yinning 55-daqiqasida Erling Holland o‘rtadagi muvozanatni yo‘qqa chiqardi. Burchak zarbasidan keyin norvegiyalik hujumchi imkoniyatdan yaxshi foydalandi.

Bahsning qolgan daqiqalarida hisob o‘zgarmadi v a jamoalar qo‘shimcha taymlarga o‘tishdi.

Qo‘shimcha taymlarning birinchisida 94-daqiqasida Kalidu Kulibali «Al Hilol»ni hisobda yana oldinga olib chiqdi.

Foto: FIFA

104-daqiqada esa zaxiradan tushirilgan Foden yana hisobni tenglashtirdi. 3:3

Foto: FIFA

112-daqiqada Markus Leonardo yana «Al Hilol»ni hisobda oldinga olib chiqdi. 3:4 Yakunda saudlar g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Manchester Siti» egasi O‘zbekistondan futbol klubi sotib olishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek