Markaziy Osiyoda dollar qanday o‘zgardi

eʼlon qilindi
Qozog‘iston milliy valyutasining AQSh dollariga nisbatan kursi iyun oyining oxirgi haftasida deyarli o‘zgarmadi
dollar
Markaziy Osiyoda dollar / Foto: Unsplash

O‘tgan hafta davomida AQSh dollarining o‘zbek so‘miga nisbatan kursi sezilarli darajada pasaygan edi – oy boshida 1 dollar 12 834,61 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 23-iyunda 12 410,99 so‘mga tushdi (3,3 foizga arzonladi). Biroq iyun oyining so‘nggi haftasida milliy valyuta biroz qadrsizlana boshladi – 23-iyun kuni so‘m dollarga nisbatan eng kuchli darajaga yetgach, keyingi kunlarda dollar kursi besh kun ketma-ket oshib, bir necha kun ichida 240 so‘mdan ziyodga qimmatladi. Kursiv nashri 23–27-iyun kunlari Markaziy Osiyo davlatlarida AQSh dollari qanday o‘zgarganini o‘rgandi.

O‘zbekiston

O‘zbekistonda 23 – 27-iyun kunlarida AQSh dollarining rasmiy kursida sezilarli tebranishlar kuzatildi. Haftaning boshida 23-iyun kuni dollar 85,95 so‘mga pasayib, 12 410,99 so‘mni tashkil etdi. Bu hafta davomida dollar qayd etgan eng past qiymat bo‘ldi.

24-iyun kuni dollar o‘z pozitsiyasini tiklab, 12 456,25 so‘mga yetdi. 25-iyunda esa 12 531,78 so‘mga yetdi.

26-iyun kuni dollar kursi o‘sishda davom etdi va 54,63 so‘mlik o‘sish bilan 12 586,41 so‘mga tenglashdi. Haftaning oxirgi ish kunida dollar 67,72 so‘mga oshib, 12 654,13 so‘mni tashkil etdi.

Hafta davomida dollar kursi umumiy hisobda 243,14 so‘mga ko‘tarildi.

Qozog‘iston

Foto: Qozog‘iston milliy banki saytidan ekran tasviri

Qozog‘iston milliy valyutasining AQSh dollariga nisbatan kursi iyun oyining oxirgi haftasida biroz mustahkamlandi, so‘ngra qayta ozgina pasaydi. 23-iyun kuni 1 USD rasmiy kursi 521,57 tenge atrofida edi. 24-iyundan boshlab dollar biroz qimmatlashib, 523,46 tengega tushdi. 25-iyun kuni kurs ozroq pasayib, 519,26 tengeni tashkil etdi. 26-iyunda dollar 518,5 tengega tushib, haftadagi eng past nuqtaga yetdi. 27-iyun kuni esa AQSh dollari yana qimmatlab, 520,39 tengega ko‘tarildi. Bu raqamlar so‘nggi haftada tengening AQSh dollariga nisbatan dastlab mustahkamlanib, keyin yana biroz qadrsizlanganini ko‘rsatmoqda.

Qirg‘iziston

Foto: Qirg‘iziston milliy banki saytidan ekran tasviri

2025-yil 23-iyundan 28-iyungacha bo‘lgan davrda Qirg‘iz somining dollarga nisbatan kursida biroz o‘zgarishlar kuzatildi. Ushbu haftada kursning eng yuqori darajasi 23-iyun kuni qayd etilib, 1 Dollar 87,4500 somga teng bo‘ldi. Shundan so‘ng, kurs asta-sekin pasayib bordi.

24-iyun kuni kurs 87,4136 somni tashkil etgan bo‘lsa, 25-iyun kuni biroz pastlab, 87,2667 somga tushdi. 26-iyun va 27-iyun kunlari ham pasayish davom etdi — mos ravishda 87,2319 va 87,2908 som bo‘ldi. Haftaning so‘nggi kuni, 28-iyun, esa kurs 87,3940 somgacha biroz ko‘tarildi.

Tojikiston

2025-yil 23-iyundan 27-iyungacha bo‘lgan davrda 1 AQSh dollarining Tojikiston somonisidagi rasmiy kursi deyarli barqaror bo‘lib qoldi. Haftaning boshida, ya’ni 23-iyun kuni, kurs 9,9074 somoni etib belgilandi.

24-iyun kuni esa kurs biroz pasayib, 9,9000 somoniga teng bo‘ldi. Keyingi kunlarda esa deyarli o‘zgarishsiz qoldi:
– 25-iyun – 9,9049 somoni,
– 26-iyun – 9,9048 somoni.

Haftaning oxirida, 27-iyun kuni, kurs yana ozgina pasayib, 9,9002 somonini tashkil etdi.

Umuman olganda, 1 AQSh dollarining tojik somonisidagi qiymati ushbu haftada 9,90 atrofida barqaror saqlanib, jiddiy tebranishlar kuzatilmadi.

Turkmaniston

Turkmaniston milliy valyutasining AQSh dollariga nisbati iyun oyida o‘zgarmadi – 1 AQSh dollari 3,50 turkman manatiga teng bo‘lib qolmoqda. Biroq mamlakatda valyutaning erkin konvertatsiyasi mavjud emas (O‘zbekistondagi 2017-yilgacha bo‘lgan davrni eslatadi), shu sababli norasmiy bozorda dollar kursi rasmiy ko‘rsatkichdan ancha yuqori bo‘lishi mumkin.

Avvalroq AQSh dollari kursi iyun oyida qanday o‘zgargani haqida yozgan edik.

Shuningdek