Yangiliklar

Namanganda qalbaki valyuta savdosi fosh etildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Namanganda qalbaki valyuta savdosi fosh etildi / Foto: DXX

Namangan viloyatida qalbaki AQSh dollarlarini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, «Kosonsoy tuman yo‘llardan foydalanish» unitar korxonasi ishchisi o‘zida go‘yoki qalbaki $20 ming borligini aytib, uni $14 mingga sotmoqchi bo‘lgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda u xaridorga qalbaki $8 ming bergan vaqtida ushlandi.

Tekshiruv davomida u qalbaki pullarni 1985-yilda tug‘ilgan Kosonsoy tumanida yashovchi shaxsdan olgani ma’lum bo‘ldi. Undan esa yana soxta $6 ming hujjatlashtirib olindi.

Keyinchalik, ushbu pullar 1992-yilda tug‘ilgan boshqa fuqarodan olingani aniqlanib, u ham qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondorlar qamoqqa olindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham valyuta savdosi bilan bog‘liq bir necha jinoyatlar fosh etilgan edi.