O‘zbekiston obligatsiyalar bozori istiqbolli – RFB rahbari

eʼlon qilindi
rfb
Paresishvili obligatsiyalar bozori O‘zbekiston uchun kichik ekanini ta’kidladi
RFB
O’zbekiston obligatsiyalari bozori salohiyatga ega – RFB rahbari / Foto: Kursiv Uzbekistan

Obligatsiyalar bozorining rivojlanishi O‘zbekiston fond bozori o‘sishining asosiy omillaridan biriga aylanishi mumkin. Bu haqda «Toshkent» Respublika fond birjasi (RFB) raisi Georgiy Paresishvili ma’lum qildi.

«Obligatsiyalar bozori hali foydalanilmagan ulkan salohiyatga ega. Bu shunday iqtisodiy salohiyatga ega mamlakat uchun hozir juda kichik», dedi u Kursiv Uzbekistan tomonidan tashkil qilingan «Kapital bozori: investitsiyalar uchun yangi imkoniyatlar» konferensiyasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda birjada muddati taxminan bir yil bo‘lgan obligatsiyalar ustunlik qilmoqda. Doimiy birja obligatsiyalarining chiqarilishi ushbu vositani yanada qulay qiladi va investorlarning keng auditoriyasi uchun ochiq bo’ladi.

Bundan tashqari, mamlakatda shaxsiy investitsiya hisoblari tizimini ishga tushirish rejalashtirilgan. Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar allaqachon qabul qilingan, tizimning o‘zi esa Markaziy bank bilan birgalikda yakunlanmoqda.

Shaxsiy investitsiya hisoblari tizimi ishga tushirilgach, investorlar har yili 12 foiz soliq imtiyozi bilan 127 million so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ bilan hisobvaraqlarini to‘ldirishlari mumkin bo‘ladi.

Paresishvilining fikricha, ipoteka obligatsiyalari bozor rivojlanishiga jiddiy hissa qo‘shishi mumkin. Ushbu vosita o’sish dvigatellaridan biriga aylanishga qodir.

«Biz, shuningdek, xalqaro moliya institutlari Oʻzbekiston bozoriga milliy valyutadagi obligatsiyalarni joylashtirishni boshlashiga umid qilamiz», – deya qoʻshimcha qildi birja rahbari .

O‘zbekistonda obligatsiyalar bozorini rivojlantirishdan tashqari, IPO dasturi bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Yirik davlat kompaniyalari, jumladan, Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) yaqin kelajakda fond bozoriga chiqadi.

Ushbu konferensiya to‘rtta sessiyadan iborat bo‘lib har bitta sessiya quyidagi mavzular bo‘yicha o‘tkazilmoqda;

  • Birinchi sessiya: O‘zbekistonda investorning e’tibori qayerga qaratilmoqda?
  • Ikkinchi sessiya: O‘zbekiston obligatsiyalari bozori: yangi investitsiya vositalari
  • Uchinchi sessiya: Pul qayerda ishlaydi?
  • To‘rtinchi sessiya: Qanday qilib fond bozoriga chiqish va investorlarni jalb qilish mumkin?

Birinchi sessiyada ILMA raisining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak, «Toshkent» fond birjasi raisi Georgiy Paresishvili, Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori Mansurjon Rasulev va Jett asoschisi Tolibjon Mirzaqulov spiker sifatida qatnashib, bugungi kunda O‘zbekistonda investorning e’tibori qayerga qaratilayotgani yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, konferensiya davomida TBC banki direktori Spartak TetrashviliOybek Mamajanov CFO Uzum o‘rinbosari, AVO bank Boshqaruvi a’zosi, g‘aznachilik bo‘limi boshlig‘i Konstantin Kirko ham so‘zga chiqadi.

Shuningdek