O‘zbekistonda investorning e’tibori qayerga qaratilmoqda

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan konferensiyasining birinchi sessiya tafsilotlari
Foto: Kursiv Uzbekistan

«Kursiv» tomonidan tashkil etilgan «Kapital bozori: investitsiya uchun yangi imkoniyatlar» mavzuidagi konferensiyasida bozorni rivojlantirish strategiyalari, xususiy va institutsional investorlarning roli, shuningdek, yangi moliyaviy vositalar muhokama qilindi.

Strategik yondashuv: investorlar nigohida

Foto: Kursiv Uzbekistan

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori Mansurjon Rasulevning ta’kidlashicha, O‘zbekiston 2017 – 2019 yillardagi islohotlarning kechikkan samarasi, muammolarga tezkor javob berishga tayyorligi va bozorning yangi ishtirokchilar uchun ochiqligi bilan rivojlanayotgan bozorlar orasida ajralib turadi. Yana bir muhim jihati, mamlakat hali Jahon savdo tashkiloti a’zosi emas, bu esa «imkoniyatlar oynasi»ni yuzaga keltirmoqda.

Xususiy investorlar nigohida

Foto: Kursiv Uzbekistan

Ansher Capital asoschisi Anvar Rasulev so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonga investorlarning qiziqishi ancha oshgan. Ilgari ular ehtiyotkorlik bilan mahalliy loyihalarga kirishgan bo‘lsa, hozir butun ekotizimlarni – marketpleyslar, banklar, fintex xizmatlarni qamrab oluvchi loyihalar amalga oshirilmoqda. Investorlar riskni o‘z bo‘yniga olishga tayyor bo‘lib bormoqda.

Obligatsiyalar – yangi o‘sish nuqtasi

Foto: Kursiv Uzbekistan

«Jismoniy shaxslar uchun shaxsiy investitsion hisobvarag‘larlar (SHIH) va birja obligatsiyalari kapital bozorini chuqur rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi», – dedi «Toshkent» fond birjasi raisi Georgiy Paresishvili.

2025-yil apreldan SHIHlar soliq imtiyozlariga ega bo‘ldi: investorlar obligatsiya kuponidan 20% va soliqdan 12% daromad olib, yiliga 32% foyda ko‘rishlari mumkin.

Chakana investitsiyalarning yuqori sur’atda o‘sishi

Foto: Kursiv Uzbekistan

Jett kompaniyasi asoschisi Tolibjon Mirzaqulov 2023-yildan beri chakana sarmoyadorlar kapitallari to‘rt barobar oshganini ma’lum qildi. Bitimlar hajmi ham o‘sib bormoqda: o‘rtacha chek 30 ming so‘mdan 90 ming so‘mga yetgan, faoliyat ikki barobar ko‘paygan. Shuningdek, obligatsiyalar bozoridagi ulushi 3 foizdan 40 foizga ko‘tarilgan.

«Bu keyingi 1–2 yil ichidagi yangi o‘sish nuqtasi», – dedi u.

U IPO madaniyatini rivojlantirishning muhimligini alohida ta’kidladi. Hozircha startaplardan chiqish (exit) uchun asosiy yo‘l – M&A bitimlari. Ammo chakana sarmoyadorlarning IPO-larda faol ishtiroki startaplar va IT-ekotizimga katta turtki beradi.

«Kapital bozorida hech bo‘lmaganda 1 million ishtirokchi bo‘lishi kerakki, bu tizim barqaror bo‘lsin», – dedi Mirzaqulov.

Regulyator pozitsiyasi: muvozanat va himoya

Foto: Kursiv Uzbekistan

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori o‘rinbosari Vyacheslav Pak shuni ma’lum qildiki, respublikada aksiyadorlik jamiyatlari soni qisqarmoqda. 2000-yillarning boshida 3,4 mingta bo‘lgan bo‘lsa, hozir 650 ta qolgan. Bu esa tizimli muammoga ishora qiladi. Shu bilan birga, obligatsiyalarga talab oshmoqda: muomaladagi hajmi 300 mlrd so‘mdan 1,9 trln so‘mga yetgan.

Biroq u nazorat sohasida jiddiy bo‘shliqlar mavjudligini aytdi. Ya’ni obligatsiyalarning xavfini baholovchi tizim yo‘q, regulyatorning sanksiya choralarini qo‘llash vakolati cheklangan. Xorijiy qimmatli qog‘ozlar muomalasiga qo‘yilgan taqiqlar esa investorlarni shubhali platformalarga yo‘naltirmoqda. Shu bois, agentlik xorijiy qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish imkonini beruvchi pilot maydonchani yaratish ustida ishlamoqda.

Foto: Kursiv Uzbekistan

Pak ipoteka obligatsiyalariga alohida e’tibor qaratdi: «Aholining yillik o‘sishi – taxminan bir million kishi – bu, albatta, quvonchli holat. Ammo bu ortida nima turibdi? Bu – uy-joyga bo‘lgan talabning keskin o‘sishidir. Kimdir turmush quradi, kimlargadir uy kerak bo‘ladi – bu esa qurilishga barqaror talabni shakllantiradi. Bu talablarga javob berish uchun esa, albatta, qurilish moliyalashtirilishi kerak.

Pul qayerdan olinadi? Yangi oilalar uy-joy xaridi uchun mablag‘ni qayerdan topadi? Aynan shu yerda yangi moliyaviy vosita – ipoteka obligatsiyalari paydo bo‘lmoqda. Hozirda biz Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank hamda Ipoteka qayta moliyalashtirish kompaniyasi bilan hamkorlikda ipoteka qimmatli qog‘ozlarini chiqarish mexanizmini ishlab chiqmoqdamiz. Bu banklarga balansni qisman yengillashtirish, qo‘shimcha moliya resurslarini jalb etish va uy-joy bozorini qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi», dedi Pak.

Avvalroq Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori Mansurjon Rasulev Kursiv Uzbekistan’ga bergan intervyusida bugungi kunda energetika sohasining o‘rni va ahamiyati haqida gapirib o‘tganini yozgandik.

Shuningdek