Banklar va moliya

O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorini nima to‘sib turibdi

Karen Srapionov qimmatli qog‘ozlar bozoridagi muammolar haqida gapirdi
O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorini nima to‘sib turibdi. Foto: Unsplash

Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi muammolar haqida Avesta Investment Group boshqaruvchi hamkori Karen Srapionov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Kursiv Uzbekistan muxbiriga bergan izohida u O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bilan faol savdo qilishga raqamli infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmagani xalaqit berayotganini ta’kidladi.

«Bozorda yosh investorlarni jalb qila oladigan yangi moliyaviy instrumentlar yetishmaydi», – dedi ekspert «Kapital bozori: investitsiyalar uchun yangi imkoniyatlar» konferensiyasi doirasida.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bozor firibgarlik xavfidan ham holi emas. Shu sababli tadbirkorlar obligatsiyalar sotib olishga yoki aksiyalar savdosida ishtirok etishga shoshilmayapti.

Konferensiya dasturi to‘rt tematik sessiyani o‘z ichiga oladi:

  • Birinchi sessiya: O‘zbekistonda investorning e’tibori qayerga qaratilmoqda?
  • Ikkinchi sessiya: O‘zbekiston obligatsiyalari bozori: yangi investitsiya vositalari
  • Uchinchi sessiya: Pul qayerda ishlaydi?
  • To‘rtinchi sessiya: Qanday qilib fond bozoriga chiqish va investorlarni jalb qilish mumkin?

Konferensiya spikerlari orasida:

  • Vyacheslav Pak, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari
  • Georgiy Paresishvili, Toshkent RFB boshqaruvi raisi
  • Igor Akulov, Barclays Bank UK EM Macro Structured boshqaruv direktori

Konferensiya TBC Bank, Payme, Investitsiya institutlari milliy assotsiatsiyasi va Universal banki ko‘magida o‘tkazilmoqda.

Ma’ruzachilarning chiqishlarini Zoom platformasi orqali onlayn tinglash mumkin.

Avvalroq «Kursiv» nashri o‘zbekistonliklarning banklarga ishonchsizligi ularning likvidligiga ta’sir qilayotgani haqida yozgandi.

Aholining moliya institutlariga ishonchi yo‘qligi sababli O‘zbekiston bank sektoridagi likvidlik pastligicha qolmoqda. Bu haqda TBC Bank direktorlar kengashi raisi Spartak Tetrashvili konferensiyada aytib o‘tdi.