O‘zbekistonda yozning ikkinchi oyida qanday ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
Yomg‘ir yog‘ehtimoli esa nihoyatda past
Foto: Pixabay

O‘zbekistonning katta qismida iyul oyi davomida maksimal havo harorati iqlim me’yoriga ko‘ra 35–37 daraja, janubiy va cho‘l hududlarda esa 38–40 darajani tashkil qiladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Biroq deyarli har yili 40–42 daraja, ba’zida esa 43–45 darajagacha ko‘tariladigan kuchli jaziramalar kuzatiladi. Eng issiq yillarda esa bu raqamlar undan ham yuqoriga chiqishi mumkin.

So‘nggi o‘n yillikda (2015 – 2024 yillarda.) 7 ta iyul oyi tarixdagi eng issiq o‘ntalikka kirgan. Masalan, 2019-yil iyul oyida Toshkentda ketma-ket 14 kun davomida havo harorati 40 darajadan yuqori bo‘lgan. Hozircha poytaxtda qayd etilgan eng yuqori harorat 1997-yil iyul oyida kuzatilgan bo‘lib, 44,6 darajani tashkil etgan. Qizilqum cho‘lida esa 1983-yil 49-50 darajali jazirama qayd etilgan.

Iyul oyi yomg‘ir yog‘ishi jihatdan ham eng quruq oy sanaladi. O‘rtacha faqat 1–2 kun yog‘ingarchilik kuzatiladi. Tog‘li hududlar va Farg‘ona vodiysida esa 6–9 kungacha yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Biroq ba’zi yillarda noodatiy holatlar ro‘y berib, bir kunda oylik me’yordan bir necha baravar ko‘p yomg‘ir yog‘ishi ham mumkin. Masalan, 1954-yil 21-iyulda Toshkentda 3 mm me’yor o‘rniga 29 mm yomg‘ir yoqqan.

Bu yil ham iyul oyi o‘rtacha yillik qiymatlardan 1–2 darajaga iliqroq bo‘lishi kutilmoqda. Oyning boshida harorat 40–43 darajagacha, janub va cho‘l hududlarida esa 44–46 darajagacha ko‘tariladi. 5-iyuldan boshlab g‘arbiy hududlarda, keyin esa butun respublika bo‘ylab harorat biroz pasayadi – 4–6 darajaga. Biroq salqin havo uzoqqa cho‘zilmaydi.

Oy oxirigacha harorat asosan 36–39 daraja atrofida bo‘lib, eng issiq kunlarda 40–41 darajaga, janubiy va cho‘l hududlarda esa 42–43 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Yomg‘ir yog‘ish ehtimoli esa nihoyatda past.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 1-iyul kuni havo harorati 40 darajagacha ko‘tarilishi haqida yozgandi.

Shuningdek