
O‘zbekistonda qurilish oynasiga utilizatsiya yig‘imi joriy etilishi kutilmoqda. Ushbu qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda ma’qullandi.
Bu chora oynani ishlatish jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindilarni qayta ishlash xarajatlarini qoplashga yordam beradi. Deputatlarning fikricha, bunday choralar fuqarolar salomatligini va atrof-muhitni himoya qilishga, shuningdek, chiqindi hajmini kamaytirishga xizmat qiladi.
Hujjat, shuningdek, qurilish oynasining sifatini oshirish hamda ushbu sohadagi tartibga solishni takomillashtirish orqali eksport hajmini ko‘paytirishni nazarda tutadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan parlament Ekologiya vaziriga elektromobil akkumulyatorlari bo‘yicha so‘rov yuborgani haqida yozgan edi.
Unda eski poligonlarni rekultivatsiya qilishdan tortib, tobora ommalashib borayotgan elektromobillarning akkumulyatorlarini utilizatsiya qilishgacha bo‘lgan masalalar ko‘tarilgan.