Yangiliklar

Soliq ilovasiga shou-biznesga oid yangi funksiya qo‘shildi

Bundan tashqari, soliq imtiyozlarini qaytarish yanada qulaylashdi
Soliq ilovasiga shou-biznesga oid yangi funksiya qo‘shildi. Foto: Soliq

Soliq mobil ilovasi 2.0.16 versiyasi yangilandi. Yangi imkoniyatlar qatorida «Konsert-tomosha faoliyati» funksiyasi mavjud bo‘lib, u xonandalar va ijrochilarga yillik daromad deklaratsiyasini elektron shaklda to‘ldirish imkonini beradi.

Bundan tashqari, yangi versiyada:

  • «Soliq imtiyozlarini qaytarish» xizmati endi bir nechta imtiyoz turlari bo‘yicha rasmiylashtirishni qo‘llab-quvvatlaydi;
  • «Keshbek» bo‘limida har bir ro‘yxatdan o‘tgan chek tadbirkorlik subyektlari kesimida ko‘rsatiladi.

Ilovaning so‘nggi versiyasi yuklab olish uchun ochiq.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Mahalla servis» kompaniyalariga soliq imtiyozlari berilishi haqida xabar bergan edi.