Tovarlar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibi belgilandi

2025-yil 1-iyulda Adliya vazirligida «Tovarlar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida»gi nizom ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur nizomga ko‘ra, imtiyozlar bo‘yicha dastlabki qarorni olish – manfaatdor shaxs uchun ixtiyoriy hisoblanadi. Manfaatdor shaxs ariza bilan bojxona organiga yozma yoki rasmiy veb-sayt orqali elektron tarzda murojaat qilishi mumkin. Ariza 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
Dastlabki qaror Bojxona qo‘mitasining yagona axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi va QR-kod bilan belgilanadi. Ushbu qaror asosida O‘zbekistonning istalgan bojxona postida rasmiylashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qurilish oynasiga utilizatsiya yig‘imi joriy etilishi haqida yozgan edik.