Tramp va Paramount o‘rtasidagi mojaro kelishuv bilan tugashi mumkin

eʼlon qilindi
Mojaro prezidentlik saylovlari vaqti paydo bo‘lgan edi
Tramp va Paramount o‘rtasidagi mojaro kelishuv bilan tugashi mumkin / Foto: Deadline

CBS News’ning egasi Paramount Global AQSh prezidenti Donald Tramp bilan sudlashuv bo‘yicha kelishuvga yaqin turibdi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Tomonlar «jiddiy muzokaralar» olib borayotganini sudga ma’lum qildi. Mojaro «60 Minutes» dasturida Kamala Harris bilan o‘tkazilgan intervyudan so‘ng boshlangan bo‘lib, Tramp efir tahririni siyosiy manipulyatsiya deb atab, saylovga aralashuv bo‘yicha da’vo qilgan.

CBS da’voni asossiz deb hisoblab, o‘z pozitsiyasini himoya qilmoqda. Biroq Paramount kompaniyasi Tramp ma’muriyatining roziligini talab qiladigan Skydance Media bilan qo‘shilishni rejalashtirayotgani sababli kelishuvga hozirlik ko‘rmoqda. Kelishuv amalga oshsa, bu Disney’ning Tramp bilan oldingi $16 mlnlik sud murosasiga o‘xshash bo‘ladi.

CBS xodimlari Trampga pul to‘lanishidan norozi, senator Berni Sanders ham buni qoraladi. Sud jarayoni hozircha davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Starlink Qozog‘istonda rasman ish boshlashi haqida yozgan edik.

Shuningdek