Gadjetlar

Xiaomi kamera ilovasini butunlay yangiladi

Ilovaga yangi tovush va animatsiyalar qo‘shildi
Xiaomi kamera ilovasini butunlay yangiladi / Foto: Xiaomi

Xiaomi o‘zining kamera ilovasini tubdan yangiladi. Yangilanish yuzlab smartfonlarga taalluqli bo‘lib, interfeys soddalashtirildi, funksiyalar qulaylashtirildi va yangi imkoniyatlar qo‘shildi, deya yozmoqda Gizmochina.

Unga ko‘ra, «Pro Mode» rejimi endi foydalanuvchiga sodda va qulay qo‘lda boshqaruvni taklif qiladi. ISO, ekspozitsiya va EV sozlamalari oddiylashtirildi, yangi fokus masofalari (28 mm va 35 mm) qo‘shildi. Ilova 600 dan ortiq element va 140 dan ko‘proq ikonka bilan qayta ishlangan. 40 ta rang mavzusi, yangi tovushlar va animatsiyalar ham joriy etildi.

Yangilanish dastlab Xiaomi 15, 14, Mix Fold 4, Redmi K80/K70 flagmanlariga taqdim qilinadi. Iyun oxirigacha boshqa modellarga, iyulda esa eski qurilmalarga yetib boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi kompaniyasi Smart Band 10 fitnes-bilaguzugini chiqargan edi.