«Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» musobaqasi tashkil etiladi

eʼlon qilindi
G‘olib sportchilar maxsus markazlarda professional tayyorlanadi
O‘zbekiston 2028-yilgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni boshladi / Foto: Shutterstock

1-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

2028-yil AQSHning Los-Anjeles shahrida bo‘ladigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqildi. Unda sport turlarini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni saralash, milliy metodika yaratish va terma jamoalar uchun sharoitlarni yaxshilash kabi 10 ta ustuvor yo‘nalish belgilangan.

Hududlarda Milliy olimpiya qo‘mitasining bo‘limlari tashkil etiladi, «Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» musobaqasi joriy etiladi. G‘olib sportchilar maxsus markazlarda professional tayyorlanadi.

Respublika olimpiya va paralimpiya markazi 8 – 11-sinflar va 1-2-kurs o‘quvchilari uchun o‘quv muassasasi sifatida faoliyat yuritadi. Sportchilar uchun stipendiyalar, murabbiylar uchun esa moddiy rag‘batlar ko‘zda tutilgan.

Prezident sport infratuzilmasini yaxshilash, federatsiyalar faoliyatini kuchaytirish va sportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini boshlagani haqida yozgan edik.

Shuningdek