Sport

«Manchester Siti» va Husanov Puma’ning yangi kiyimlarini namoyish etdi

Libos narxi $95 dan boshlanadi
Abduqodir Husanov
Abduqodir Husanov yangi kiyimda ko‘rinish berdi / Foto: «Mancity»

«Manchester Siti» va O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Puma kolleksiyasida ko‘rinish berdi. Bu haqda klub saytida ma’lum qilindi.

21 yoshli futbolchi «Shaharliklar» klubidagi faoliyatini qoyilmaqom davom ettirmoqda. U oxirgi marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida «Al Ayn»ga qarshi o‘yinda maydonga tushgan edi.

Foto: ManCity

Ma’lumot o‘rnida, Husanov ustidagi sport libosi Angliyada 70 funt sterlingdan ($95 dan) boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan FIFA Abduqodir Husanovni tabriklagani haqida yozgan edi.