Yangiliklar

Bokuda «O‘zbekiston» bog‘iga tamal toshi qo‘yildi

Bog‘ 8,5 gektar maydonda barpo etiladi
Bokuda «O‘zbekiston» bog‘iga tamal toshi qo‘yildi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi doirasida Boku shahrida «O‘zbekiston» bog‘ining qurilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: President.uz

Unga ko‘ra, bog‘ shaharning jadal rivojlanayotgan «Oq shahar» hududida, 8,5 gektar maydonda barpo etiladi. U yerda O‘zbekiston madaniyati va me’morchiligini aks ettiruvchi obidalar, sayilgohlar, mehmonxona, savdo va ko‘ngilochar maskanlar joy oladi.

Foto: President.uz

Tadbirda ikki davlat rahbarlari ramziy kapsulani qo‘yib, mazkur do‘stlik timsoli bo‘lgan loyihaga rasmiy start berdilar.

Foto: President.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi savdo hajmi $1 milliardga yetkazilishi haqida yozgan edik.