Yangiliklar

Oqchako‘l bo‘yida 73,4 mlrd so‘mlik turizm zonasi tashkil etiladi

«Zarbdor» tajribasi bo‘yicha
Oqchako‘l bo‘yida 73,4 milliard so‘mlik turizm zonasi tashkil etiladi. Ekran tasviri: videodan olindi

Oqchako‘l bo‘yida 73,4 milliard so‘mlik turizm zonasi tashkil etiladi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berdi.

Ellikqala tumanidagi Oqchako‘l bo‘yida umumiy 73,4 mlrd so‘m mablag‘ asosida turizm rekreatsion zonasini tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/07/final_7.mp4
Video: Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati

Loyiha doirasida ko‘l bo‘yida to‘liq infratuzilma bilan ta’minlash orqali 3 ta mehmonxona, 18 ta mehmon uyi, 20 ta o‘tov, 2 ta restoran kabi turizm va xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashtiriladi. Loyiha ishga tushgach 75 ta ish o‘rni yaratilishi belgilangan.

Bundan oldin Nukusda $78 mln miqdoridagi investitsiya mablag‘lari hisobiga besh yulduzli mehmonxona va kongress-xoll qurilayotgani haqida yozgandik.

Mazkur mablag‘ga zamonaviy besh yulduzli mehmonxona va kongress-xoll majmuasi, 22 qavatli 2 ta turarjoy binosi hamda savdo majmuasi qurilishi rejalashtirilgan.