RedMagic Astra Gaming plansheti global sotuvga chiqmoqda

2-iyul 2025 11:49 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
RedMagic Astra Gaming plansheti global sotuvga chiqmoqda / Foto: Red Magic

RedMagic kompaniyasining kuchli xususiyatlarga ega o‘yin plansheti – Astra Gaming Tablet 16-iyuldan boshlab global bozorda sotuvga chiqadi. Narxi $499 dan boshlanadi. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda.

Ushbu planshet avval Xitoyda Tablet 3 Pro nomi bilan taqdim etilgan edi. Endilikda u RedMagic Astra Gaming Tablet nomi bilan butun dunyo bozorlariga chiqmoqda.

Planshet 9,06 dyuymli LTPO OLED ekranga ega bo‘lib, 165 Hz yangilanish tezligi, HDR qo‘llab-quvvatlovi va 1600 nit yorqinlikni taklif etadi. Tovush uchun stereo dinamiklar va tebranish effektlari mavjud.

Ichki qismlarida esa Snapdragon 8 Elite chipi, suyuq metall bilan sovitish texnologiyasiga ega. Kompaniyaga ko‘ra, bu tizim 8 darajagacha issiqlikni pasaytiradi.

Astra plansheti 8200 mA·soat sig‘imli batareyaga ega bo‘lib, 80 Vt tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. 0 foizdan 50 foizgacha atigi 20 daqiqada zaryadlanadi. USB-C porti orqali tashqi ekranlarga 8K 60Hz yoki 4K 144Hz ulanish mumkin.

Foto: GSMArena

Planshet qora va kumush ranglarda taqdim etiladi. Xotira variantlari: 12/256 GB, 16/512 GB va 24 GB/1 TB (faqat qora rangda).

Oldindan buyurtma qilgan xaridorlar RedMagic o‘yin uchun mo‘ljallangan barmoq qoplamalari va 80 Vt quvvatlagichni sovg‘a sifatida olishadi. Planshet AQSh, Yevropa, Buyuk Britaniya, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va Fors ko‘rfazi mamlakatlarida sotuvga chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Red Magic kompaniyasi Red Magic 10 Air modelining Flame Orange rangli versiyasi sotuvga chiqqanini e’lon qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek