
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Boku shahriga keldi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Haydar Aliyev nomidagi aeroportda davlat rahbarini Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Foto: prezident matbuot kotibi




Oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Dasturga muvofiq, bugun Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Shavkat Mirzoyev Ozarbayjonga davlat tashrifi bilan jo‘nab ketgani haqida xabar bergandik.