Si Szinpin narx siyosatini o‘zgartirmoqchi: Xitoy mahsulotlari endi qimmatlashadimi

eʼlon qilindi
Xitoy past narxlar orqali raqobatchilardan mijozlarni tortib olish siyosatidan voz kechishni rejalashtirmoqda
Xitoy mahsuloti qimmatlashadimi. Foto: topfranchise.ru

Xitoy past narxlar orqali raqobatchilardan mijozlarni tortib olish siyosatidan voz kechishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining moliya va iqtisod masalalari bo‘yicha yig‘ilishida XXR raisi Si Szinpin topshiriq berdi, deb xabar qildi SCMP nashri.

«Kompaniyalarning past narxlar uchun tartibsiz raqobatni qonuniy tartibga solib, ularni mahsulot sifatini oshirishga yo‘naltirish va eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini bosqichma-bosqich chiqarib tashlashga yordam berish zarur», – deydi XXR raisi.

Pekin kompaniyalar tomonidan narx orqali olib borilayotgan qattiq raqobat dunyodagi ikkinchi yirik iqtisodiyotga salbiy ta’sir qilmoqda deb hisoblaydi. Bu innovatsiyalarni sustlashtiradi, samaradorlikni pasaytiradi va mahsulot sifatini oshirishga to‘sqinlik qiladi.

Tadqiqotchilar va soha vakillarining fikricha, Xitoy ichidagi keskin raqobat mamlakatning ichki ishlab chiqarish ekotizimiga xavf tug‘diradi va AQSh bilan savdo urushi sharoitida XXR kelajagini yanada qiyinlashtiradi.

Bundan oldin Qirg‘iziston Xitoydan O‘zbekistonga temir yo‘l qurilishini boshlagani haqida yozgandik. Yangi temir yo‘l Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi yuk tashish hajmini sezilarli darajada oshirishi kutilmoqda. Shuningdek, ushbu yo‘l Yevropa va Yaqin Sharq bilan mintaqani bog‘laydigan multimodal marshrutlarning bir qismiga aylanadi.

Shuningdek