Stol tennisi bo‘yicha Osiyo chempionati yakuniga ketdi – natijalar

2-iyul 2025 17:23 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
29-Osiyo chempionati
Stol tennisi bo‘yicha 29-Osiyo chempionati yakunlandi / Foto: O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi

Stol tennisi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi 29-Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Yakuniy bahslarda yaponiyalik va xitoylik sportchilar oltin medallarga ega chiqdi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri ma’lum qildi.

26-iyundan 2-iyulgacha «Humo» arenada bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi 29-Osiyo chempionati yakunlandi. Oxirgi kunning ikki final bahslari o‘tkazildi.

19 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi final o‘yinida yaponiyalik AOKI Sachi hamyurti OJIO Yunani yirik 4:0 hisobida mag‘luniyatga uchratdi va oltin medal sohibiga aylandi.

19 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yakkalik o‘yinida final juda shiddatli kurash ostida kechdi. Xitoy vakili WEN Ruibo dastlabki uch partiyani 11:5/11:7/11:8 hisobi bilan tabloga muhrlab qo‘ydi. Uning Xitoy taypeylik raqibi CHANG Yu-An esa keyingi uch partiyani o‘z nomiga yozib qo‘ydi. 11:8/11:9/11:4

Oxirgi partiyada esa ruhiy ustunlikka erishgan xitoylik tennischi WEN Ruibo raqibini 11:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va asosiy sovringa ega chiqdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Osiyo chempionati yarim final uchrashuvlari yakunlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek