
Stol tennisi bo‘yicha «Humo» arenada bo‘lib o’tayotgan yoshlar o‘rtasidagi 29-Osiyo chempionati o‘zining yakuniy pallasiga kirmoqda. Bugun 2-iyul kuni dastlab yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri ma’lum qildi.
E’tiborlisi, O‘zbekiston terma jamoasi vakillari uchrashuvlarni ancha erta yakunladi.
19 yoshgacha bo‘lgan stol tennischilar o‘rtasidagi yarim final bahslariga faqatgina Yaponiya vakillari yetib keldi. Dastlabki yarim finalda Aoki Sachi hamyurti Mende Rinni 4:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi yarim finalda Takamori Mao vatandoshi Ojio Yunaga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi va final yo‘llanmasidan quruq qoldi.

19-yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasidagi yarim final bahslarining dastlabkisida Xitoy Taipeivakili Chang Yu-An yaponiyalik Kawakami Ryuuseidan 4:3 hisobida ustun keldi.
Ikkinchi yarim finalda yana bir taipeylik stol tennischi Hung Jing-Kai Xitoy vakili Wen Ruiboga 1:4 hisobi bilan mag‘lubiyatga uchradi.







Foto: O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi
19 yoshgacha bo‘lgan bolalar juftlik bahslari final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Hal qiluvchi bahsda xitoy taipeylik stol tennischilar Chang Yu-An va Hung Jing-Kai juftligi xitoylik raqiblari Wen Ruibo va Li Hechenga 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi.
Qizlar juftlik bahslarida esa faqatgina yaponiyalik qizlar yetib kelishdi. Aoki Sachi va Takamori Mao juftligi Mende Rin va Ojio Yuna juftligini 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib Osiyo qit‘asi chempionligini qo‘lga kiritishdi.





Foto: O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi
Uchrashuvlar davom etmoqda.